Mart oyidagi dam oliş kunlari tartibi

Matn27-fevral, 2019, 11:121 daqiqa0 koʻrish

Manba:Xushnudbek.uz

​​Özbekistonliklar mart oyida neça kun dam oladi?

2018-yil 12-noyabrdagi PF-5574-sonli Prezident Farmoni bilan 2019-yilda rasmiy sanalarni nişonlaş davrida qöşimça işlanmaydigan kunlar belgilanib, dam oliş kunlari köçirilgan edi.

Mazkur farmon asosida mart oyida ham köçirilgan dam oliş kuni mavjud.

Eng avvalo haftadagi iş kunlari soni dam oliş kunlariga taʼsir qilişini unutmaslik kerak. Yaʼni 5 kunlik iş haftasidagi xodimlar mart oyida 13 kun dam olişadi, haftasiga 6 kun işlaydigan xodimlar esa martda 8 kun dam olişadi.

Masalan, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami haftaning juma kuniga töğri kelganligi sababli, 5 kunlik iş haftasida işlovçi xodimlar ketma-ket 3 kun dam olişadi.

Endi Navröz bayrami arafasidagi dam oliş kunlariga kelsak.

Haftasiga 5 kun işlovçi xodimlarga quyidagi kunlar (4 kun ketma-ket) dam oliş kuni hisoblanadi:

21-mart – payşanba (Navröz bayrami);
22-mart – juma (qöşimça dam oliş kuni);
23-mart – şanba;
24-mart – yakşanba.

Haftasiga 6 kun işlovçi xodimlarga quyidagi kunlar dam oliş kuni hisoblanadi:

21-mart – payşanba (Navröz bayrami);
22-mart – juma (qöşimça dam oliş kuni);
24-mart – yakşanba.

Izoh: haftasiga 6 kun işlovçi xodimlar 23-mart (şanba) kuni işga çiqişlari lozim.

Maqola havolasi

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek