Soliq qömitasining tadbirkorga nisbatan harakati tanqid qilindi
Sen xalqqa döstmi yoki ayiqqami?
Soliq qömitasiga bir gap bölyapti, örtoqlar. Bugun qömita saytida «Töyxona noqonuniy tikuvçilik tsexiga aylantirildi» sarlavhali juda antiqa xabar çiqdi.
Unda aytilişiça, 4-aprel kuni Çirçiq şahrida ötkazilgan nazorat tadbirida qonunbuziliş holati aniqlangan emiş. Şaharda joylaşgan "Aziya" töyxonasida 1989-yilda tuğilgan fuqaro M.E. heç qanday hujjatlarsiz tibbiy niqob işlab çiqarişni yölga qöygan.
Tadbirkor faoliyatini 2-aprelda boşlab 183 nafar işçi ❗️ yollab, ular bilan oğzaki ravişda, har bir niqob uçun 60 sömdan iş xaqi berişga kelişgan.
Çirçiq şahar davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan bino közdan keçirilganda jami 301 ming 994 dona tibbiy niqob va 21 dona kleylaş uskunasi - umumiy narxi 156 million 696 ming sömlik tovar moddiy boyliklar borligi aniqlangan va vaqtinçalik olib qöyilgan.
Endi öz-özidan savol tuğiladi.
Birinçidan, Özbekistonda tibbiy niqob yetişmovçiligi juda yuqori bölganligi sababli Hukumat zudlikda qaror qabul qilib, tibbiyot niqoblarni tibbiy buyumlar röyxatidan çiqardi, tibbiy niqobni işlab çiqariş, tayyorlaş hamda uni realizatsiya qiliş uçun litsenziya talab etilmasligini maʼlum qildi. Bundan közlangan asosiy maqsad tibbiy niqob işlab çiqaruvçilarni rağbatlantiriş, aholida yuzaga keladigan niqob taqçilligining oldini oliş edi.
Nahotki bundan soliqçilarimizning xabari bölmasa? Yoki ularni faqat musodara qilişga aqli yetadimi?
Ikkinçidan, karantin tufayli hamma joylar yopildi, xalq daromad topolmay qiynalyapti, işsizlik mislsiz darajada oşdi. Şunaqa paytda 30 yoşli bir tadbirkor 183 kişini❗️ iş bilan taʼminlagan joyida soliqçilar kelib uning 157 mln sömlik mahsulotini olib qöygani nimasi? Vijdoninglar bormi özi?
Keling, oddiy hisob-kitob qilamiz.
Xabarda aytilgandek, jami 302 mingta tibbiy niqob tayyorlangan. Ularning har biri uçun 60 sömdan xizmat haqi berişga kelişilgan. Bu 18 mln 120 ming söm böladi. Endi uni 183 kişiga bölsak, taxminan 100 ming sömdan töğri keladi.
Tadbirkor faoliyatini 2-aprelda boşlagan, soliqçilar 4-aprelda u yerni “bosişgan”. Demak, öşa 183 kişi salkam 1 yarim kunda 100 ming söm pul topgan. Bu oyiga 1,5 mln söm iş haqi böladi degani.
Endi hurmatli soliqçilarimiz, jumladan Soliq qömitasi raisi Behzod Musayevga savol!
Aytinglarçi, qisqa fursatda 183 kişiga 1,5 mln söm oylik beradigan iş örni yaratiş Soliq qömitasining qölidan keladimi yoki yöq? Agar qölingizdan kelmasa, heç bölmasa xalaqit bermanglar, baraka topgurlar!
Uçinçidan, noqonuniy tsex emiş! Xöş, uning qonuniysi qanaqa böladi? YTT yoki xususiy korxona oçganligi töğrisida hujjat bölsa kifoyami? Unda olib beringlar öşa yaramas hujjatni. Internet orqali 10 minutda onlayn oçiş mumkin-ku! Tadbirkorga nima qilsa qonuniy bölişini örgatinglar undan köra. Sanitariya holatidan könglingiz tölmasa, unda mutaxassis jalb qilib, yordam beringlar. Şu qiyin işmi?
Törtinçidan, “157 mln sömlik mahsulot masala qonuniy hal bölgunga qadar vaqtinçalik olib qöyildi” deyilgan xabarda. 4-aprelda uşlangan tadbirkor haqidagi xabar 8-aprelda saytga çiqyapti. 4 kunda masala hal bölmadimi? Xöş, qaçon qonuniy hal böladi unda? Neçi yil, neçi oy kerak? Sizlar hal qilgunça beçora tadbirkor va 183 kişi yana işsiz va oç-nahor qoladimi?
Keçirasizlaru, bu qaroqçilik emasmi? Maqsad tadbirkorga yordam berişmi yoki unga xalaqit berişmi?
Bir tomonda Hukumat tadbirkorlarga ruxsat va yengillik bersayu, boşqa tomonda soliqçilar tadbirkor mulkini olib qöyib, faoliyatini töxtatib qöysa, bu nimasi? Karantin hamda favqulodda holat paytida şu işlar töğrimi?
Özi kuni-keça Soliq qömitasining banklar tomonidan jismoniy şaxslar kartalariga 30 mln sömdan ortiq ötkazilgan pullar haqidagi maʼlumotlarni oşkor qiliş majburiyatini yuklaş töğrisidagi hujjat loyihasi keskin tanqid ostida qolgandi. Bugun esa, bunaqa xabar çiqib turibdi.
Soliq qömitasiga bir gap bölyapti, örtoqlar.
👉 @xushnudbek 👈


