Tomorqaga ekin ekmaganlar uçun yer soliği oşiriladi

Matn8-aprel, 2020, 18:361 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Tomorqasiga ekin ekmagan fuqarolar yer soliğini oşirilgan stavkada tölaydi

Bugun bölib ötgan videoselektorda Şavkat Mirziyoyev barça fermer, klaster, dehqonlar karantin qoidalariga amal qilgan holda öz dalasida, aholi esa tomorqasida bahorgi ekiş işlarini davom ettirişi kerakligini taʼkidladi. Aks holda içki bozorda narx-navo barqarorligini saqlaş qiyin bölişi hammaga ayon.

Prezidentimiz bu yilgi murakkab vaziyatni hisobga olib, barça tomorqalarda 2-3 marta ekin ekiş va qöşimça hosil oliş birinçi darajali vazifa bölişi kerakligini taʼkidladi.

Tomorqalarda yetiştirilgan mahsulotlarni içki va taşqi bozorga yetkazib beriş masalasiga ham eʼtibor qaratildi.

Hozirgi sinovli davrda tomorqa yerlariga ekin ekmaslik, qarovsiz taşlab qöyiş yurtga va yerga nisbatan xiyonat deb baholanişi kerak.

Şuning uçun tomorqadan samarali foydalanmayotgan xonadon egalari rasman ogohlantirilişi, undan keyin ham ekin ekmaganlarga yer soliği oşirilgan stavkada qöllanilişi maʼlum qilindi.

Bu borada mutasaddi rahbarlarga tegişli hujjatni qabul qiliş topşirildi. Tomorqalar holatini dronlar orqali monitoring qiliş hamda ulardan unumli foydalaniş uçun har bir sektor kesimida zarur çora-tadbirlarni amalga oşiriş böyiça körsatmalar berildi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek