Samarqandda testda qoida buzgan nazoratçi işdan böşatildi
Qoidani buzgan nazoratçi işdan böşatildi
Xalq taʼlimi vazirligining bergan maʼlumotiga köra, 7-avgust kuni Samarqand şahrida ötgan test sinovlarida singlisiga noqonuniy yordam bermoqçi bölib, uning savollar varaqasini videoga olgan nazoratçi iş joyidan ham tegişli jazosini olgan.
Maʼlum qilinişiça, Samarqand şahridagi maktablardan birida maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosari (!!!) lavozimida işlab kelayotgan nazoratçi bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilingan.
Hurmatli nazoratçilar! Iltimos, test jarayonlarida halol böling, heç kimga, garçi u tuğişgan jigaringiz bölsa ham, yordam bermang. Bunday işlarga vijdoningiz yöl qöymaydi, degan umiddamiz. Aksinça, birgalikda testda "öyin" qilmoqçi bölayotgan uddaburonlarga qarşi keskin kuraşişimiz kerak. Bunda Sizning hissangiz katta.
👉 @xushnudbek 👈



