Savollar kitobi surati tarqalgani böyiça maʼlumot berildi

Matn8-avgust, 2019, 12:001 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​❗️Rasmi (videosi) çiqib ketgan savollar kitobi böyiça

Keça ijtimoiy tarmoqlarda biologiya fanidan test topşiriqlarining telefonga olingan surati tarqalib, köplab savollarni keltirib çiqargan edi. Bu böyiça DTM vakillari bilan boğlanib, vaziyatga oydinlik kiritdik.

Holatni örganiş asosida quyidagilar maʼlum böldi:

Ijtimoiy tarmoqlarda bu surat Qarşida olingani aytilgandi, ammo uşbu surat 2019-yil 7-avgust kuni Samarqand şahrida, test sinovlari ötkazilgan 2 binoda olinganligi aniqlandi.

Savollar kitobi test sinovlarida nazoratçi bölib faoliyat olib borayotgan xalq taʼlimi xodimi tomonidan yaşirin holatda tasvirga olingan. Xodim mazkur binoning 22-guruhida test sinovlarida qatnaşgan özining singlisiga tegişli test topşiriği kitobini unga ğayriqonuniy yordam beriş maqsadida suratga olgan.

Test sinovida nazoratçi sifatida iştirok etgan xalq taʼlimi xodimi testdan çetlaştirilgan va holat böyiça maʼlumot tegişli çora köriş uçun huquq-tartibot organlariga yuborilgan. Abituriyentning test sinovlari natijasi esa hisoblanmaydi.

Suratlarga izoh:

1 - nazoratçi singlisining test savollarini videoga olişga tayyorgarlik körmoqda;
2 - söngra öz telefonini videoga oliş uçun tayyorlamoqda;
3 - singlisining savollarini videoga olmoqda.

Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

Yana oʻqing