Ravşan Muhiddinov va Adliya tizimidagi islohotlar

Matn12-may, 2018, 08:473 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

@xushnudbek izohi:

Ravşan Muhiddinovning ozodlikka çiqqanlariga bir neça oy bölib qoldi, davolanişda edilar. Uzoq yil Jasliqda jazo muddatini ötaganlar.

Ravşan akani talabalik davrlarimdan xotirlayman, çunki bizning talabalik davrimiz ularning Adliya vaziri bölib turgan paytlariga töğri kelgan.

Özlari bilan biror marta suhbatda bölmagan, lekin menda kamtar inson sifatida taassurot uyğotganlar. Tuşlik paytlarida Sayilgoh köçasi böylab tez-tez uçratardim, piyodalab qayergadir ketayotgan yoki kelayotgan bölardi. Doim oddiy xalq vakili sifatida özlarini tutardilar, yurardilar, ularni körgan odam vazir deb ham öylamasdi.

Ravşan Muhiddinov Adliya tizimida bir qator jiddiy islohotlar qilgan inson sifatida tarixga kirgan. Masalan, 2010-yil 1-yanvardan boşlab Lex.uz qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi işga tuşgan.

2011-yil 23-avgustda Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillaştirişga oid PQ-1602-sonli Prezident qarori qabul qilindi hamda vazirlikning yangi Nizomi tasdiqlandi. Garçi öşa paytda R.Muhiddinov Davlat maslahatçisi lavozimiga ötgan bölişlariga qaramasdan, baribir bu hujjatlar ustida özlari boş-qoş bölgani aniq.

Lekin hammasidan ham ötib tuşgan islohot - 2011-yil 17-iyundagi PQ-1555-sonli Prezident qaroriga asosan Adliya vazirligi Qonunçilikka rioya etilişi ustidan nazorat qiliş boş boşqarmasi tuzilgani bölgan. Uşbu boşqarma ilk marta prokuratura organlarining ustidan ham nazorat olib boriş vakolatiga ega bölgan. Şu paytgaça prokuratura organlari dahlsiz bölib kelgan edi. 2011-yilda sobiq Boş prokurorning obrösi qay darajada ekanligini eslab, bu islohot qançalik şov-şuv bölganini tasavvur qilavering endi. Bu şov-şuvlar ortidan taşabbuskor Ravşan Muhiddinov va Boş prokuror örtasidagi kelişmovçiliklar haqida ham gap-sözlar tarqagandi.

Hattoki öşa paytlarda xuddi Fransiya, Janubiy Koreya va boşqa köplab mamlakatlardagi kabi Özbekistonda ham prokuratura Adliya vazirligiga böysunadigan bölar ekan, degan miş-mişlar ham yangragan edi!

Aslida bunday amaliyot Özbekiston uçun ham begona emasdi, 1936-yilgaça prokuratura Adliya vazirligi tarkibiga kirgan. Va bu loyiha mantiqan ham notöğri emas edi, yaʼni Konstitutsiyamizdagi davlat hokimiyatçiligi nazariyasiga köra, bizda qonun çiqaruvçi, ijro etuvçi va sud hokimiyati bor. Lekin prokuratura heç qaysi hokimiyatga kirmaydi, heç qaysi taşkilotga böysunmaydi, faqat Parlament oldida hisobot beradi.

Xullas, şunaqa islohotlar ortidanmi yoki boşqa sabablar bölganmi, menga qoronğu, 2012-yilda Ravşan Muhiddinovning qamalgani haqida eşitdik.

Va ular boşlagan islohotning umri ham qisqa böldi. 2014-yil 24-iyuldagi PF-4636-sonli Prezident farmoniga asosan, Adliya vazirligining Qonunçilikka rioya etilişi ustidan nazorat qiliş boş boşqarmasi va uning hududiy bölimlari tugatilib, prokuratura organlari tarkibiga (!) ötkazilgan edi.

Ha, aytgança, şunçaki tasodifmi bilmadimu, 2011-yilda Adliyaga prokuraturani nazorat qiliş huquqi berilgan PQ-1555-sonli Prezident qarori Lex.uz saytida mavjud emas ekan, qidiruvlarda ham çiqmayapti, Qonun hujjatlari töplamida ham yöq. "Tag-tugi bilan yöqot" deyilganmikin öşanda... Qiziq, şunçaki qiziq.

Albatta yuqoridagi barça fikrlar öta şaxsiy ekanligini va ğij-ğij xato bölişi mumkinligini eslatib qöymoqçiman.

  • 👎 11
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek