Sobiq Adliya vaziri Ravşan Muhiddinov ozodlikka çiqdi
Sobiq Adliya vaziri ozodlikka çiqdi
Özbekiston Respublikasi Adliya sobiq vaziri Ravşan Muhiddinov qamoqdan ozod etildi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.
Maʼlum qilinişiça, 2012-yildan buyon qamoq jazosini ötab kelayotgan Ravşan Muhiddinov Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni amalga oşirganlikda ayblanib, sudlangandi.
Joriy yilning 8-may kuni Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudida sobiq vazir Muhiddinov reabilitatsiya qilinib, unga nisbatan amnistiya akti qöllanildi.
Maʼlumot uçun, u 2000-2005-yillar Jizzax viloyati prokurori, 2006-yilga qadar Prezident devonida masʼul xodim, 2006-2007-yillarda esa Boş prokuror örinbosari lavozimlarida işlagan. Şundan söng, 4 yil davomida Adliya vaziri sifatida faoliyat körsatgan Muhiddinov 2011-yili Özbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatçisi etib tayinlangandi.
Ravşan Muhiddinov qamoqqa olinişidan avval Toşkent viloyati prokurori sifatida faoliyatini davom ettirayotgan bölgan. U 2012-yil 16-fevral kuni bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, 15 yil ozodlikdan mahrum etilgandi.
Hukumatga yaqin Kun.uz axborot manbasining taʼkidlaşiça, Muhiddinov sobiq MXX va öşa davrdagi Boş prokuratura tizimiga qarşi kuraş eʼlon qilgan ilk rasmiylardan biri edi.
- 👎 11

