Qonlikölda öqituvçilar majburiy mehnatga jalb qilinmoqda

Matn4-avgust, 2019, 13:302 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​​​Yöqolsin, majburiy mehnat!

#muştariydan_maktub

«Qoraqalpoğiston Respublikasi Qonliköl tumanidan murojaat qilyapman. Tumanimiz 2019-yil iqtisodiy kompleks rivojlantiriş dasturiga kiritilgan. Şu munosabat bilan öqituvçilarni, maktab yoşlar yetakçilarini va barça budjet taşkilot xodimlarini tuman hokimi va örinbosarlari buyruği bilan, 3 oydan oşdi, tuman markazidagi obodonlaştiriş işlariga jalb qilib kelişmoqda.

31-iyul kuni Toşkentdan bitta vazir kelişi munosabati bilan barça taşkilot xodimlarini tuman markazidagi yangidan qurilayotgan namunali uylar atrofiga xöjakörsinga obodonlaştiriş işlariga jalb qildi. Bu hokim faqat obodonlaştirişni biladimi? Prezidentimizning qaror va farmonlarini tuşunmaydimi yoki!?

Endi juda zör yölini topişdi, har kuni 3 maktabdan navbati bilan obodonlaştirişga çiqarişyapti. Beçora erkak öqituvçilar mehnat taʼtilini obodonlaştiriş bilan ötkazmoqdalar. Bu murojaatni mintrudning yoki xalq taʼlimining saytiga yuborişga qörqdim. Şaxsim sir saqlanmasa, ertaga isbot talab qilsa, işdan olişga harakat qilişadi deb».

Maktub tugadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda köpçilik taʼkidlayotgan gap töğri – tizimli işlar qilinmasa, majburiy mehnatga qarşi biror katta natijaga erişib bölmaydi. Oqibatlarga emas, sabablarga qarşi kuraşiş kerak.

Qonliköldagi uşbu vaziyat böyiça mutasaddilarning tezkor munosabatini kutib qolamiz.

Tuman rahbarlarining javobini esa taxminan bilaman: Buxoro viloyati hokimi Öktam Barnoyevga öxşab, uyalmasdan «isbotiz bormi?» deb turaverişadi. Tağin murojaatçilarni tuhmatçiga ham çiqarişsa kerak. Vijdonsiz rahbarlar taşabbusi bilan olingan öqituvçilarning «Biz ixtiyoriy çiqyapmiz» degan soxta videolarini ham kutib qolamiz... Xalqni ahmoq deb öylaşsa kerak-da, özlariça.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek