Tadbirkorlar paxta terimiga majburiy jalb qilinişi
Yurakdan çiqqan gaplar:
«Xayrli kun Xushnudbek aka. Shaxsimni sir saqlashizdi iltimos qilaman.
Man qurilish tashkilotida ishlayman. Paxta yigʻim terimiga budjet tashkilotlari ishlamasligi haqida post qoldiribsiz. Agarda bu yil ham budjet tashkilotlari paxta terimiga jalb qilinmasa bu biz tadbirkorlar boʻyniga qoʻshimcha yuk tushadi. Yaʼni boʻsh oʻrinlarni biz quruvchilar, savdogarlar shu va shunga oʻxshash tadbirkorlar orqali paxta teruvchilarni majburiy jalb qilishadi. Oʻtgan yili 50 tadan har bir qurilish tashkilotiga paxta teruvchi majburiy yuklatilgandi. Bu yil bundan kam boʻlishiga koʻzim yetmayapti. Yana kamida 50ta paxta teruvchi yuklatilsa kerak. Bu ham majburiy mehnatga kiradimi? Savol tugʻilishi mumkin paxtaga odam bermasaylar boʻladi deb. Ular kamida bizni qurilish obyekti bermaslik bilan qoʻrqitadi. Yana tekshirishlar oʻtkazish oxirgi quroli. Biz majbur boʻlamiz "oʻz ixtiyorimiz" bilan MAJBURAN paxtaga 50ta paxtakor olib chiqishga. Eʼtibor uchun rahmat»
Siz bu fikrlarga qanday qaraysiz? Sizda ham şunday muammo bormi? Izohlarda fikrlaringizni kutib qolamiz.

