Qaşqadaryoda koronavirusga çalingan sönggi bemor davolanmoqda
Manba:SSV matbuot kotibi
Soğliqni saqlaş vazirligi:
KORONAVIRUS INFEKSIYASI ANIQLANGAN ENG SÖNGGI BEMOR QAŞQADARYO VILOYATI YUQUMLI KASALLIKLAR ŞIFOXONASIDA DAVOLANMOQDA
Avval xabar berganimizdek, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan zararlanganlar 145 nafarni taşkil qilmoqda.
Infeksiyani yuqtirib olgan eng sönggi bemor ikkinçi vafot etgan marhum bilan muloqotda bölgan 14 yoşli jiyani ekanligi maʼlum qilindi. U ayni paytda Qarşi şahrida joylaşgan Qaşqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasida davolanmoqda. Bemorning holati örta oğir darajada. Bemor bilan muloqotda bölgan yaqinlari va boşqa fuqarolar salomatligi ham qatʼiy nazoratga olingan.
Eslatib ötamiz, ayni paytda yana ikki nafar qaşqadaryolik bemor poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy tekşiriş instituti klinikasida davolanmoqda.
@ssvmatbuotkotibi
