Prezident yangi institut taşkil etiş böyiça topşiriq berdi
Prezident yangi institut taşkil etiş böyiça topşiriq berdi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda bölib ötgan uçraşuvda Şavkat Mirziyoyev bugun barça sohalarda bilimli, siyosiy va ijtimoiy faol, xalq manfaatini öz şaxsiy manfaatidan ustun qöyadigan, halol va jonkuyar yoş rahbarlarga ehtiyoj tobora ortib borayotganini taʼkidladi.
— Biz dunyoqaraşi keng, kreativ fikrlaydigan, muammoli vaziyatlarda töğri qarorlar qabul qila oladigan yoşlarni masʼuliyatli vazifalarga tayinlayapmiz. Ammo mamlakatimizda yoş rahbarlarni saralaydigan, ularning layoqatiga mos lavozimlarni taklif etadigan samarali mexanizm mavjud emas, — dedi Prezidentimiz.
— Rahbarlik lavozimlariga har tomonlama munosib, taşabbuskor, menga tayanç va suyanç böla oladigan yoşlardan “Vatan iftixorlari” institutini joriy etsak, sizlar nima deysizlar? Bu institutning asosiy vazifasi islohotlarimiz va katta rejalarimizni vatanimiz yoşlariga yetkaziş, joylardagi muammolarni olib çiqiş va ularni hal qilişdan iborat, — deya yangi taklifni örtaga taşladi davlatimiz rahbari.
* * *
Şu munosabat bilan Prezidentimiz Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi (Ş.Qudbiyev), Yoşlar ittifoqi (A.Saʼdullayev) uşbu yangi institutning faoliyatini taşkil etiş va vakolatini belgilaş yuzasidan bir oy muddatda aniq taklif kiritişi böyiça topşiriq berdi.


