Parlament söroviga bepisandlik: Senat raisi izoh söradi

Matn27-sentabr, 2018, 18:551 daqiqa0 koʻrish

Parlament söroviga bepisandlik

Oliy Majlis Senati raisi Niğmatilla Yöldoşev senator sörovlariga bepisandlik bilan qaralişi borasida hukumatdan izoh söradi, deb xabar berdi Kun.uz muxbiri.

«Ayrim vazirlik va idoralar rahbarlari parlament bilan munosabatlarga qonun talabi asosida yondaşmayapti», – dedi Yöldoşev 27-sentabr kuni iş boşlagan Senat yalpi majlisida.

Xususan, Senat qömitasi raisining örinbosari tomonidan 15-avgust kuni poytaxtdagi madaniyat va istirohat boğlaridagi jiddiy kamçiliklar yuzasidan madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayevga senator sörovi yuborilgan.

Senat raisining sözlariga köra, uşbu sörovga vazirlikning javobi 40 kundan söng kelgan. Buning ustiga, birorta ham savolga tayinli javob olinmagan.

«Vazir örinbosari imzosi qöyilgan yarim varaqlik javob Senatga emas, Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga yuborilgan», – dedi u.

Yöldoşev Madaniyat vazirligi mutasaddilarini qonunlarni bilmaslik va masʼuliyatsizlikda aybladi.

«Vazirlikning masʼul şaxslari senatorlar qayerda işlaşlarini bilmasliklari ularning qonunni bilmasliklarini namoyiş qiladi», – dedi u.

«Özingiz öylang, Madaniyat vazirligi masʼul xodimlari xalq vakillariga nisbatan şunday munosabatda bölsa, ularning davlat siyosati mohiyatini töliq anglab yetganiga, zimmasiga yuklatilgan muhim vazifalarni amalga oşirişiga kim kafolat beradi? Biz bu masala böyiça vazirlik, şuningdek, hukumatdan izoh kutamiz», – dedi Yöldoşev.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek