Toşkent metrosida talaba yigit relslarga tuşib ketdi

Matn27-sentabr, 2018, 18:041 daqiqa0 koʻrish

​​Xabar qilişlariça, Toşkent metrosi "Novza" bekatida metro tagiga bir talaba yigit bexosdan tuşib ketibdi. Asosiysi voqea yaxşilik bilan tugabdi, talabaning soğliğiga jiddiy ziyon yetmabdi, Xudoga şukr.

Xabarni öqib, Italiyaning Turin metrosi yodimga tuşib ketdi. U öziga xosligi bilan qolgan şaharlardagi metrolardan ajralib turadi. Metro bekatidagi poyezdlar yöli töliq oyna bilan öralgan. Qaçonki poyezd bekatga kirib kelib, töxtagandan keyin poyezd eşiklari bilan bekat eşiklari bir paytda parallel ravişda oçiladi. Xuddi lift eşiklarining işlaş prinsipiga öxşaydi bu. Demak, poyezdlar har doim avtomat ravişda bitta nuqtaga kelib töxtaydi, yöqsa eşiklar bir-biriga mos kelmay qoladi. Bunday metro bekatida kimnidir poyezd yöliga tuşib ketişi nazariy jihatdan ham mumkin emas. Xavfsiz va işonçli, şunday emasmi?

Bizda ham albatta şunaqa bölsin demoqçi emasman, bunga ehtiyoj ham yöq, menimça. Şunçaki, esimga tuşganda maʼlumot uçun aytdim-qöydimda.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek