Özbekiston OTMlarida ikki xil baholaş tizimi böladi
Özbekiston OTMlarida 1 paytda 2 xil baholaş tizimi böladi
Bugun OTMlar 5 baholik tizimga ötgani haqida xabar berilgandi. Nizomning töliq matni Lex.uz saytida eʼlon qilindi.
Eng qiziği bu tizim faqat 1-kurslar uçun taalluqli ekan. 2 va undan yuqori kurslar 100 ballik tizimda baholanarkan.
Savol: bunaqa omixta tizimni nima keragi bor? Nima uçun yagona tizim örnatib qöya qolinmadi? Kimdir tuşuntiriş beradimi bu haqida?
Hammadan ham öqituvçilarga noqulay bölibdi, özi qoğozbozlikdan qiynalib ketişgandi, endi ularga yana ortiqça iş yaratişibdi. Ikki xil standartda baholaş turli çalkaşliklarni keltirib çiqarişi tabiiy.
Nizom loyihasi portalga muhokamaga qöyilganda, aynan mana şu bandga eʼtiroz bildirişgan edi. Respublikada bir xil tizim bölsin, degan taklif qoldirilgan edi. Boşqa loyihalarda bölgani kabi, bunday takliflar heç bir izohlarsiz inobatga olinmadi. Unda loyihani muhokamaga qöyişdan nima foyda?
Mayli, bizni xalq könikuvçan. Talabalarni, ayniqsa OTMdagi öqituvçilarni joni temirdan. Har narsaga könib, könikib ketaverişadi.
Şunça yildan buyon çala kirill va çala lotin yozuvlarida yozib yuribmiz, bir joyimiz kam bölib qolgani yöqku, bir paytda amal qiladigan 100 ballik reyting va 5 baholik tizimni ham ziyoni yöqdir. Tağin kim bilsin.
Ha, aytgança, ayrim OTMlarda modul tizimi ham yölga qöyilgan va 5 baholik tizim Nizomidagi qoidalar uşbu OTMlarga tadbiq etilmasligi belgilangan. Yana ayrim OTMlar (TDYUU, TATU) kredit tizimiga ötişgan. Garçi modul va kredit tizimlari alohida emas, aksinça bir-birini töldiruvçi tizim bölsa ham, hali ayrim OTMlar özlarida uşbu tizimlarni töliqligiça örnatib ulgurişmadi. Vaqt ötişi bilan joy-joyiga tuşadigan jarayon bu. Mayli, hozir qiynalsak ham, qolgan OTMlarni ham sekin-asta kredit tizimiga ötkazişni boşlaş kerak. Boşida qiyin böladi, tuşunarsiz böladi, balki ozgina "bardak" ham bölar. Lekin kelgusida foydasi tegadi, menimça. Albatta bularning barçasi IMXO.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
