OTMlar yangi öquv yilidan 5 baholik tizimga ötadi

Matn29-avgust, 2018, 12:191 daqiqa0 koʻrish

Yangi öquv yilidan OTMlar 5 baholik tizimga ötadi

Oliy va örta-maxsus taʼlim vaziri birinçi örinbosari Odil Abdurahmonov quyidagi yangiliklar haqida xabar berdi:

«Yangi öquv yilida bir qança islohotlarni amalga oşirişga harakat qildik. Xususan, bu yilda talabalar özlaştirişini baholaş tizimi takomillaştirilgan körinişda joriy etiladi. Bunda avvalgi 100 ballik tizimdan voz keçiladi va 5 ballik baholaş kiritiladi.

Şu jumladan, pedagogning yakuniy nazorat imtihonlaridagi iştirokini istisno etiş amaliyoti qöllaniladi. Navbatdagi özgarişlardan biri «ustoz-şogird» anʼanasini joriy etiş maqsadida öquv yuklamalarini hisobga olgan holda professor-öqituvçilar «vaqt meyorlari»ning yangi mexanizmlari tasdiqlanadi. Oliy taʼlim muassasalarida pedagog xodimlarni tanlov asosida işga qabul qiliş yangi tartibi belgilanadi.

Bitiruvçi talabalar topşiradigan yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari optimallaştiriladi va asosan bitiruv malakaviy işlari yoki mutaxassislik fanlaridan davlat imtihonlariga eʼtibor beriladi».

Manba: Kun.uz

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. IMHO iborasining maʼnosi

    01 daqiqa

Yana oʻqing