Jami 2 ming 400 nafarga yaqin abituriyent testdan çetlatilgan
Jami 2 ming 400 nafarga yaqin abituriyent testdan çetlatilgan
Boş vazir örinbosari Aziz Abduxakimov joriy yilgi test sinovlari yakuni haqida axborot berdi.
Test sinovlarida qatnaşganlar soni 604 ming 677 nafarni taşkil etdi.
Test sinovlarida 17 ming 353 nafar abituriyent qatnaşmadi, jumladan 14 ming 957 nafari kelmadi, 1 ming 340 nafari hududga kirişda hamda 1 ming 56 nafari test jarayoni paytida qoidabuzarlik sodir etganligi sababli testdan çetlaştirildi.
Maʼlumot uçun: Xorazm viloyati va Qoraqalpoğiston Respublikasining OTMlarida test sinovlariga puxta tayyorgarlik köriş va uni yuqori saviyada taşkil qiliş maqsadida 2018-yil 14-22-may kunlari ötkazilgan profilaktik tadbirlar muvaffaqiyatli ötkazilganligi sababli uşbu hududlarda test jarayoni paytida çetlaştirişlar soni nisbatan kam böldi.
P.S.: Keyingi yillarda bu hodisa boşqa abituriyentlarga dars böladi, degan umiddaman. Şu tempda ketilsa yillar ötib, şpargalka balosidan deyarli qutulsak ajab emas (100% imkonsiz baribir).
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

