OneID tizimida avtorizatsiya bilan boğliq tuşunmovçiliklar

Foto28-iyun, 2022, 12:011 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Ayni paytda meningkonstitutsiyam.uz portaliga qonun loyihasidagi barça moddalar böyiça fikrlar, takliflar kelib tuşmoqda.

Konstitutsiyaviy komissiya Matbuot xizmatining maʼlum qilişiça, ayrim hamyurtlarimiz tizimdan foydalaniş jarayonida muayyan turdagi texnik nosozliklar yuzaga kelayotganini maʼlum qilişmoqda.

Xususan, tizimdan avtorizatsiyadan ötiş jarayonida “pasport seriyamdan noqonuniy foydalanib, boşqa şaxslar röyxatga ötib olibdi” degan yangliş xulosa bildirayotganlar ham yöq emas.

Maʼlumki, Yagona identifikatsiya tizimi (YAIT) OneID fuqarolarga nafaqat Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan izoh qoldiriş, taklif yöllaş, balki davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tijorat taşkilotlarining turli veb-saytlari va portallari orqali 340 ga yaqin turdagi elektron xizmatlarga ega böliş imkoniyatini beradi.

Bu kabi foydalanuvçilar YAIT OneID da özlarining şaxsiy maʼlumotlarini, jumladan login, parol, töliq ism, JŞŞIR va hokazolarni ilgari röyxatdan ötkazişgan, bugungi kunga kelib esa, tizimdan qaytadan röyxatga ötişga urinayotgan bölişi mumkin.

Şu sababli taklif bildirmoqçi bölgan fuqarolar yoki avvalgi login-parol bilan kirişlari, yoki parolni tiklaş funksiyasi orqali yoddan çiqqan parollarini tiklaşlari mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 349
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek