Öqişni köçiriş va tiklaş böyiça savollarga javoblar
Öqişini köçiriş (tiklaş) böyiça ayrim savollarga javoblar
Keça öqişni köçiriş (tiklaş) böyiça röyxatdan ötiş jarayoni yakunlandi. Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi şu jarayonga oid ayrim savollarga javob berdi.
1️⃣ Ariza haligaça "körib çiqilmoqda" statusida turibdi, bu nimani anglatadi? Muddat tugab qoldiku, endi muammo bölmaydimi?
Javob: Yöq, muammo bölmaydi. Hozirgi vaqtda mutaxassislar tomonidan topşirilgan hujjatlarning töliqligi, töğriligi va nusxa sifati körib çiqilmoqda.
Masalan:
🔺pasportning 1-sahifasi bor, biroq propiska belgilangan sahifasi yöq;
🔺sinov daftarçasi nusxasi, akademik maʼlumotnoma yoki transkript örniga boşqa hujjat yuklangan;
🔺hujjatlar sifatsiz nusxalangan, ulardagi maʼlumotlarni öqiş qiyin va h.k.
Kamçiliklari mavjud bölmagan ariza “qabul qilinadi”, kamçiligi bölsa, sababi körsatilgan holda “rad etiladi".
2️⃣ Agar arizamda xatolik bölsayu, u 5-avgustdan keyin rad etilsa, unda men qayta ariza yubora olmaymanmi? Axir ariza topşiriş muddati tugab böldiku.
Javob: Xavotir olmang, arizalari 5-avgustdan keyin rad etilgan talabalarga öz arizasini tahrirlaş, yaʼni körsatilgan xatoni tuzatib, qayta ariza yuboriş imkoniyati beriladi.
3️⃣ Arizam holati "qabul qilindi" degan statusda turibdi. Bu degani meni öqişni köçirişimga ruxsat berildi deganimi?
Javob: Yöq, dastlabki körib çiqiş natijalariga köra ariza qabul qilinganligi öqişni köçirişga (tiklaşga) ruxsat etilganligini bildirmaydi. Bu şunçaki onlayn ariza töğri yuborilganini anglatadi. Yakuniy qarorni vakolatli komissiyalar qabul qiladi.
4️⃣ Men ariza yuborişga ulgurmadim. Arizalari rad qilinganlarga tahrirlaşga ruxsat berilgan paytda men yangidan ariza yubora olamanmi?
Javob: Yöq, yubora olmaysiz. Tahrirlaş imkoniyati faqat 5-avgustgaça ariza yuborganlarga beriladi. Agar kimdir 5-avgustgaça onlayn ariza yuborişga ulgurmagan bölsa, unda keyingi yilda qayta urinib körişi mumkin.
‼️Röyxatdan ötgan fuqarolardan arizalari holatini transfer.edu.uz tizimidagi şaxsiy kabinetlari orqali muntazam kuzatib borişlari söraladi.
👉 @xushnudbek 👈
