Öqişni köçiriş böyiça şaxsiy kabinetdagi yozuvlar izohi
Öqişni köçirişga topşirganlarning şaxsiy kabinetida «Rad etilganlik sababi:» degan yana bir qator çiqib qolibdi. Şunga ur-töpolon, vahima. "Nega bizni rad qilişdi, nega unaqa, nega bunaqa" degan gaplar köpaydi.
Baraka topgurlar, bu yozuv arizangiz rad etilganini anglatmaydi. Bu şunçaki alohida maydon (qator)ning nomi xolos. Xuddi yuqoridagi «Fuqarolik:», «Pasport:», «Telefon:», «Ta'lim shakli:» kabi yozuvlardek.
Axir «Ariza holati:» degan joyda alohida rangda statuslar körsatib qöyilganku. Agar «yangi» degan yozuv turgan bölsa, demak hali arizangiz körib çiqilmagan. Agar öşa yerda «Rad qilindi» degan yozuv çiqsa, ana şunda sizning arizangiz rad qilingan böladi va uning pastidagi maydonga rad qiliş sabablari yoziladi. Hozir esa u yer böm-böş turibdi.
Axir bu juda ham oddiy elementar narsa-ku, örtoqlar.
👉 @xushnudbek 👈
