Nogironligi bölgan şaxslarni qöllab-quvvatlaş çoralari

Matn12-avgust, 2021, 19:122 daqiqa0 koʻrish

Mana bu juda zör yangilik!

Prezident imzolagan nogironligi bölgan şaxslarga oid qarori ÖzAda eʼlon qilindi. Qarordan maqsad nogironligi bölgan şaxslar, ayniqsa, bolalarni reabilitatsiya qiliş, tölaqonli hayot tarzini yuritişiga kömaklaşiş uçun ularni zamonaviy protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilişning texnik vositalari bilan taʼminlaşdan iborat.

Qarordan ayrim parçalarni keltiraman:

✅ 2021-yil yakuniga qadar 2 ming dona zamonaviy eşitiş moslamalarini xarid qiliş va ularni ixtisoslaştirilgan taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan eşitiş qobiliyati zaif bolalarga yetkaziş;

✅ 2021-yilda xarid qilinişi rejalaştirilgan 260 ta koxlear implantatlariga qöşimça ravişda 355 ta koxlear implantatlarini xarid qilib, ularni 5 yoşgaça bolalarga jarrohlik amaliyoti orqali örnatiş;

✅ 2021-yilda qöşimça 2 ming nafargaça, 2022-yildan boşlab esa har yili 3 ming nafargaça bolaga tuğma yurak nuqsoni hamda boş miyadagi patologik özgarişlar (jumladan, gidrotsefaliya) böyiça jarrohlik amaliyotlarini ötkaziş;

✅ har yili kamida 110 nafar bemor bola uçun transpedikulyar tizim (fiksatorlar) töplamlarini xarid qilgan holda, ularda skolioz va umurtqa poğonasining boşqa patologiyasi böyiça jarrohlik amaliyotlarini amalga oşiriş;

✅ yiliga örtaça 1 000 nafar bolaga tuğma va patologik son çiqişini jarrohlik amaliyotlari orqali davolaş uçun zarur metall konstruksiyalarini sotib oliş;

✅ har yili kamida 140 nafar bemor bolada kökrak qafasi deformatsiyasini davolaş uçun 150 ta maxsus plastinalarni xarid qiliş va örnatiş;

✅ bemor bolalarga tuğma oyoq-qöl patologiyalarini davolaş uçun 350 ta Ilizarov apparatlarini xarid qiliş;

✅ har yili kamida 100 nafar bemor bolaga jarrohlik amaliyotlari davomida suyak defektlarini töğrilaş uçun kollopan granulalarini xarid qiliş;

✅ bolalar tserebral falaji, umurtqa poğonasining patologik sinişi bilan kasallangan bolalar va kattalarda mustaqil yuriş funksiyalarini qayta tiklaş uçun 2021-2023-yillarda 54 ta, şundan 2021-yilda 14 ta zamonaviy ekzoskelet uskunasi bilan taʼminlaş;

✅ 2021-2025-yillarda 11,6 ming dona, şu jumladan, 2021-yilda 1 100 dona elektr yuritmali kreslo-aravaçalarini nogironligi bölgan şaxslar uçun xarid qiliş;

✅ közi ojiz bolalar va kattalarni 9 ming dona ovozli termometr, 10 ming dona ovozli tonometr, 20 ming dona yiğma Brayl alifbosi bilan taʼminlaş.

👉 @xushnudbek👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek