Namunaviy uylar qurilişidagi muammolar va korrupsiya

Matn28-aprel, 2020, 20:092 daqiqa1 koʻrishtahrirlangan

​​​Meni bir savol qiynaydi...

Quyidagi suratda namunaviy uylar aks etgan. Öz nomi bilan namuna bölişi kerak bölgan, özbeklar farovon hayot keçirişi maqsad qilingan uylar.

Ammo bu uylar amalda faqat abgorlikka namuna böla olyapti xolos. Tuyani şamol uçirsa, namunaviy uylar tomini osmonda kör.

Biz ham namunaviy uylarda turamiz. Vaʼdaboz "injiniring"dagilaru, qaroqçi quruvçilar ortidan tilimiz osilib yugurganimiz haliyam esimda. Aytilgan vaqtda topşirilmay, salkam 2 yilga keçikkani uçun issiq joyimizni sovutib, ijaralarda yaşaganimizni ham eslayman. Hatto pudratçini qidirib, Andijonlarga borib, uyini rosa axtarganlarimni ham eslayman.

Mayli, xalq şunça öğriliklarga çidagan, bunisiga ham çidayapti. Boşpanasi borligiga şukr qilib, uyi tökilib ketsa ham indamaydi.

Ammo meni 7 yildan buyon öylantirib keladigan bittagina savol bor. Atigi bittagina. Namunaviy uylar qurilişidagi şunça öğrilik, şunça talon-toroj, şunça boşboşdoqliklar bölganini hamma körib, bilib tursa ham, lekin haligaça «Qişloq quriliş invest» degan taşkilotga va uning amaldorlariga gard ham yuqmaydi. Yangi davrda birinçilardan bölib öşa taşkilot qattiq taftiş qilinişini, korrupsion elementlar tit-piti çiqarilib tekşirilişini, aybdorlar jazolanişini, xuddi boşqa köplab taşkilotlarda bölgani kabi bu idora ham töliq “tozalanişi”ni rosa kutgandim. Lekin heç narsa bölmadi, şekilli.

Şunça xalqni sarson qilib, ularga sifatsiz uylar qurilişining boşida turgan “Qişloq quriliş invest” nahotki daxlsiz taşkilot bölsa?

Meni faqat şu birgina savol qiynaydi xolos...

P.S.: fotosurat Prezident matbuot xizmati saytidan olindi

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek