Metsenat.uz loyihasi grantlari bo‘yicha arizalar ko‘rib chiqilmoqda
Manba:Metsenat.uz
❗️ Metsenat.uz loyihasiga hujjat topshirganlar diqqatiga!
Mazkur loyiha boshlanganiga hali 1 oy ham vaqt bo‘lmadi. Shu qisqa davr ichida platformada jami 557 mln so‘mlik 5 ta grant va 2 ta stipendiya eʼlon qilindi. 20 ming nafardan ortiq talabalar ro‘yxatdan o‘tdi.
Shu o‘rinda 2 ta grantga ariza topshirish muddati yakunlandi. Bular:
1) Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda “Mehrli qo‘llar” xayriya fondi tomonidan eʼlon qilingan grant.
Kvota: 100
Arizalar soni: 1570
2) Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari uchun eʼlon qilingan grant
Kvota: 10
Arizalar soni: 269
Kecha g‘oliblarni aniqlashda yordam beruvchi tizimning texnik ishlari yakunlandi va tanlov komissiyalari tomonidan arizalarni ko‘rib chiqish boshlandi.
Ikkala grant bo‘yicha ham 10 kun ichida (27-dekabrga qadar) g‘oliblar aniqlanadi va g‘olib bo‘lgan talabalar bilan tashkilotchilarning o‘zlari bog‘lanishadi. Yangi yilga o‘tgungacha, belgilangan grant summalarini g‘olib talabalarga o‘tkazib berishga maksimal harakat qilinadi.
Bu bo‘yicha qo‘shimcha yangilik bo‘lsa, @metsenatuz hamda @urfon kanallarida eʼlon qilib boramiz.
Tushunganingiz uchun rahmat!
Eslatib o‘tamiz: Metsenat.uz to‘liq ijtimoiy loyiha bo‘lib, bundan biror moddiy foyda olish maqsad qilinmagan.
Kanallarimizga obuna bo’ling:
👉 @metsenatuz
👉 @urfon

