OTMlar reytingida korrupsiya holatlari inobatga olinişi kerak
Menimça, kelgusida OTMlar reytingini aniqlayotgan payti albatta korrupsiya holatlari ham inobatga olinişi kerak.
Masalan, joriy yilgi "sezon"da ÖzMUdan birdaniga 2 kişi qölga tuşdi. Dastlab Demokratik davlat quriliş nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti D.X. sirtqi bölimga kiritişni vaʼda qilib, 6000 dollar olayotganda qölga tuşgandi.
Bu voqeadan sal ötib, ÖzMUda ham prorektor, ham dekan lavozimida işlab kelayotgan (bittasida v.b. edi) A.Q. va uning muovini magistaturaga kiritib qöyişni vaʼda qilib, 2 ming dollar olayotganda qölga tuşgandi.
@davletovuz kanalining baʼzi manbalarga tayanib yozişiça, bu kimsalar azaldan şu işni kasb qilgan. Köplab talabalarni “şilib kelişgan”. Yaʼni talabalarni atayin “nedopusk” qilişib, maʼlum miqdorda — eng kam iş haqidan köp — pul olib kelgan.
OTMlar reytingida esa ÖzMU 1-örinda ekanligi eʼlon qilingan edi. Qanaqa qilib prorektor, dekan, zamdekan, dotsent darajasidagi xodimlari korrupsioner bölgan OTM bunaqa reytinglarda peşqadam bölişi kerak? Bu aqlga siğmaydiku.
Öşançun kelgusida reyting tuzişda boşqaçaroq tizim işlab çiqiladigan bölsa, unda albatta korrupsiya jinoyati aniqlangan har bir holat uçun OTMlarga katta jarima reytinglari qöllaşni yölga qöyiş kerak. Kerak bölsa, 1-2 yilga reytingdan çetlatiş yoki kuçli 50 talikka ham kirmaydigan qiliş kerak ularni.
Albatta aytişingiz mumkin, poraxörlar har bir (!) OTMda borku, bunaqada reytingda heç kim qolmaydiku, deb. Ammo qölga tuşmagan öğri emas. Jarima oçkolarni aniqlangan konkret faktlar, oçilgan jinoyat işlari böyiça beriş maqsadga muvofiq, menimça.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

