Mehnat taʼtili oliş tartibi va xodimlar huquqlari

Matn22-fevral, 2019, 12:283 daqiqa0 koʻrish

Mehnat taʼtili - nima u, yeydigan narsami?

Yaqinda bir antiqa savol berib qolişdi:

— Xususiy firmada işlaydiganlar ham mehnat taʼtiliga çiqsa böladimi?
— Iya, albatta. Çiqsa böladimi emas, çiqişi şart!
— Agar xodimning mehnat şartnomasida taʼtil berilmasligi yozilgan bölsaçi?
— Farqi yöq. Mehnat şartnomasida yozilganmi, yozilmaganmi, baribir xodimga mehnat taʼtili berilişi şart. Çunki Mehnat kodeksining 5-moddasiga köra, mehnat haqidagi kelişuvlar va şartnomalarning xodimlar ahvolini mehnat töğrisidagi qonunlar va boşqa normativ hujjatlarda nazarda tutilganiga qaraganda yomonlaştiradigan şartlari haqiqiy emas, deb topiladi. Demak, Siz aytgan mehnat şartnomasining öşa bandi ham haqiqiy emas.

Şunday javob berdimu, özim ham qiziqsinib söradim:

— Nima, birorta firmada haqiqatdan şunaqa yozişganmi mehnat şartnomada?
— Ha, şunaqa yozilgan. Bitta xususiy korxonaga işga kiruvdim, taʼtil sörasam, Sizga berilmaydi, deyişdi. Nimaga berilmaydi, desam, mehnat şartnomangizda şunaqa yozilgan, imzo qöygansiz deyişdi. Qarasam, haqiqatdan mehnat şartnomamda mehnat taʼtili degan joyiga “0” (nol) yozilgan ekan, bunisiga qaramagan ekanman. Sizni aytganlaringizni tuşundim, kadrga aytib köraman.

X U L O S A :

1) Bir narsani unutmang, har bir xodim, u qayerda, kim bölib işlaşidan qatʼi nazar, har yili mehnat taʼtiliga çiqişi şart! Bu davlat işi böladimi, xususiy sektormi, umuman farqi yöq.

2) Mehnat taʼtilining muddati Özbekiston qonunçiligi böyiça yiliga kamida 15 kun etib belgilangan. Bu degani, u direktor böladimi, eng kiçik lavozimda işlaydigan oddiy xodim böladimi, farqi yöq, kamida 15 kun mehnat taʼtiliga çiqişi, jaydari tilda aytganda odamga öxşab dam olişi kerak.

3) Mehnat taʼtilining minimumi 15 kun bölsa, maksimumi ham bor – 48 kun. Yaʼni xodimga haq tölanadigan yillik mehnat taʼtili 48 kundan köproq berilişi mumkin emas.

4) Qonunlarda mehnat taʼtili qaysi lavozimdagi xodimga neça kun berilişi yozilmagan, bu narsa har bir taşkilotning özida jamoa şartnomasi yoki boşqa içki hujjati bilan belgilanadi. Masalan, haydovçi lavozimidagi xodim qaysidir korxonada 20 kun, boşqa taşkilotda 23 kun taʼtilga çiqişi mumkin.

5) Taʼtildan çaqirib olişga faqat xodimning roziligi bilan yöl qöyiladi. Ammo ming afsuski, bizda qoğozda taʼtilga çiqadiyu, lekin amalda har kuni işga çaqirişadi. Aslida bu mutlaqo mumkin emas.

6) Yillar davomida na qoğozda, na amalda taʼtilga çiqmaganlar borku, bu mumkinmi? Yöq, mumkin emas. Mehnat taʼtili iş yili tugaşidan oldin albatta berilişi kerak. Uni keyingi yilga qoldiriş uçun albatta aniq asos bölişi şart. Keyingi yilga qoldirilgan taqdirda ham, şu yili undan albatta foydalanilmoği lozim. Biroq butun respublika tekşirib çiqilsa, ön minglab xodimlarga mehnat taʼtili berilmagani aniqlanişiga işonaman. Vakolatli organlar har bir taşkilotni tekşirib, xodimlarga öz vaqtida mehnat taʼtili berilmagani uçun iş beruvçini javobgarlikka tortişga haqli. Ammo kamdan-kam bunday qilişadi.

P.S.: Hatto maşina yoki biror texnikani ham uzluksiz, dam bermasdan işlatsangiz tezda işdan çiqadi. Xodimlar esa robot emas, ular tirik jon. Odamni qadrlaş kerak. Xulosa özingizdan.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek