Ilhom teatri öz joyida qoladigan böldi
«Ilhom» teatri joyida qoladi
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov özining Instagramdagi sahifasida bu böyiça quyidagi xabarni qoldirdi:
Ilhoming sönmasin, “Ilhom”!
Sönggi kunlarda şov-şuvga sabab bölib kelayotgan, keng jamoatçilik eʼtiborida turgan masala bu “Ilhom” teatrining kelajagi haqidadir. 10-fevral kuni uşbu masala yuzasidan “Ilhom” teatri badiiy rahbari Boris Gafurov hamda teatr joylaşgan bino rahbarlari bilan uçraşdim. Uçraşuvda nafaqat Özbekistonda, balki, xorij mamlakatlarida ham öz dovruği va muxlisiga ega bölgan "Ilhom" teatri öz joyida qolişiga kelişib olindi.
Madaniyat va sanʼat Madaniyat vazirligining doimiy himoyasidadir. Bundan buyon “Ilhom” teatrining ijodiy faoliyati ham har tomonlama vazirlik tomonidan qöllab-quvvatlanadi.
Uşbu masala muzokara yöli bilan hal qilingani va bunga Madaniyat vazirligi boş qöşgani yaxşi bölibdi.
👉 @xushnudbek 👈
