IIV Olmazordagi video yuzasidan jinoyat işi qözğatdi

Matn9-avgust, 2021, 12:241 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Içki işlar vazirligi axboroti

Toşkent şahrining Olmazor tumanida joylaşgan köp qavatli uylarning birida, balkonda tasvirlangan odamlar ikki farzandli, rasmiy nikohdagi oila, er-xotin, çet el fuqarolari bölib, Toşkent şahrida tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişadi.

Mazkur xonadondan rasmiy ijarada foydalanişgan. Ular tomonidan heç qanday qonun buziliş holatlari aniqlanmagan. Uşbu oilaning şaxsiy hayoti tasvirlangan videolavhani ijtimoiy tarmoqlarda tarqalişiga sababçi bölgan fuqaroning harakatlari huquqiy baholanadi.

Videolavhani yasab, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatiş orqali jurnalistni obrösini tökişga harakat qilgan fuqarolarni aniqlaş böyiça tezkor tadbirlar davom etmoqda. Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139 moddasi 3 qismi, “g” bandi hamda 141 prim 2-moddasi 2 qismi, “v” bandi böyiça jinoyat işi qözğatilgan.

Iş yakuni böyiça jamoatçilikka töliq axborot berilişini maʼlum qilamiz.

IIV Axborot xizmati rahbari Ş.K.Ğiyosov

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek