Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Bahodir Jalolovning ğalabasi va otasi xotirasi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0tahrirlangan

Köring, öqing, faqat yiğlamang...

Bugun Bahodirning kuni, qança gapirsak haqli. Uşbu videoni ham juda taʼsirli qilib işlaşibdi, odamni beixtiyor eti jimirlab, qalbi faxrga töladi.

P.S.: köpçilik avvalgi postlarimizda Bahodirning otasi haqida ham söraşgandi.

Isomiddin akaning özi ham polvon bölgan, sambo böyiça sport ustasi edi. Yolğiz öğli Bahodirni bolaligidan sportga olib bordi, u çempion bölişi uçun borini berdi.

Ammo 2015-yili Isomiddin aka oğir dardga çalindi, boş miya ösmasining eng oğir turi deb taşxis qöyişdi.

2016-yil Bahodir Xitoyda 3 oy tayyorlanib, Osiyo çempionatida Olimpiada yöllanmasini qölga kiritdi. Çempionatda qöli jarohat olgani sabab operatsiya qilindi. Aynan öşa kun, taqdiri azal ham öz hukmini ötkazib, Isomiddin polvon omonatini Haqqa topşirdi. Şifokorlar ruxsat bermasa ham, Bahodir öşa zahoti otasini sönggi manzilga kuzatiş uçun Özbekistonga qaytdi.

Öşa yili oğir ruhiy tuşkinlik bilan Rio Olimpiadasida qatnaşgan Bahodir ğolib bölolmagandi.

Söngra Bahodir 2019-yil jahon çempioni, bugun Olimpiada çempioni böldi. Afsuski, Isomiddin aka bu kunlarni köra olmadi.

Öğlining bugungi ğalabasidan rahmatli Isomiddin akaning ham ruhlari şod bölişidan umidvormiz, haqlariga duodamiz.

Qobil farzand ota-onasi tirikligida ham, vafotidan keyin ham rahmatlar olib keladi. Barçamizning farzandimiz şunday bölsin, ilohim.

Otangga rahmat, Bahodir! Onangga rahmat, Bahodir!

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek