Fuqarolarning bank kartalariga taqiq qöyiş töxtatildi
Manba:Markaziy bank
Xabarnoma
Fuqarolardan, ularning bank depozit hisobvaraqlaridagi (şu jumladan bank kartalaridagi) mablağlar Majburiy ijro byurosining talabnomalariga asosan xatlanganligi yuzasidan şikoyat va eʼtirozlar kelib tuşişi holatlari oşganligi sababli, hozirgi paytda fuqarolarning hisobvaraqlariga taqiq qöyiş tartibi qayta körib çiqilmoqda.
Bank xizmatlari isteʼmolçilarining omonatlari va jamğarmalariga nisbatan amalga oşirilişi mumkin bölgan noqonuniy va notöğri harakatlardan himoya qilinişini taʼminlaş maqsadida, fuqarolarning bank hisobvaraqlariga va bank kartalariga taqiq qöyilişi töxtatilmoqda.
Şunga köra, Majburiy ijro byurosining barça hududiy boşqarmalari hamda tijorat banklari mazkur qaror haqida, şuningdek Byuro tomonidan jismoniy şaxslarning bank hisobvaraqlariga nisbatan qöyilgan barça talabnomalarni ijrosiz qaytariş yuzasidan xabardor etildi.
