Farğonada odam göşti sotilayotgani haqidagi xabarlar yolğon

Matn7-aprel, 2019, 15:471 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

2-3 kundan buyon ijtimoiy tarmoqlarda Farğona viloyatidagi bir fuqaroning arizasi aylanib yuribdi. Unda dehqon bozoridagi 50 nafar qassoblar odam göşti bilan savdo qilişi, yaʼni keçqurun qabristondan odamlarni kavlab olib, ularning göştini ertasi kuni bozorda sotişi haqida bayon qilingan.

Albatta bu kabi xabarlarning yolğonligini biliş uçun juda katta aql şart emas, bunga mantiqiy fikrlovçi har bir inson özi mustaqil xulosa qila oladi.

Lekin şunday bölsada maʼlumot örnida aytiş kerakki, öşa murojaat muallifi salkam 25 yildan buyon ruhiy-asab kasalliklari dispanserida röyxatda turişi, yoşlari 79 da ekanligi, bunday murojaatlarni ançadan buyon yozişi maʼlum qilindi. Bu kabi vajlar tegişli organlar tomonidan juda köp marotaba tekşirilgan va har gal yolğon maʼlumot ekanligi aniqlangan.

Şu sababli öşa murojaat rasmini özgalarga tarqatişdan manfaat yöq. Aksinça kimnidir tarqatganini körsangiz, ularga ham buning yolğonligi haqida xabar bering. Bu eng töğri yöl, menimça.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek