Faralarni yoqib yuriş talabi böyiça özgariş bölişi mumkin

Matn16-dekabr, 2020, 13:372 daqiqa0 koʻrish

1-yanvardan «faralar»ni yoqib yuriş talabi böyiça özgariş bölişi mumkin

Avval xabar berganimizdek, 2021-yil 1-yanvardan kunning yoruğ vaqtida barça transport vositalarining "fara"sini yoqib yuriş tartibi kuçga kiradi.

IIV YHXBB bu böyiça bayonot berdi. Bayonot biroz tuşunarsiz va sirli.

«Uşbu masala yuzasidan IIV Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasining öz fikr mulohazalari mavjud bölib, tegişli takliflar tayyorlangan va uşbu yönalişda çora-tadbirlar belgilanmoqda. Öylaymizki, belgilanayotgan çora-tadbirlar xalq manfaatlariga xizmat qiladi», — deyiladi xabarda.

Gap qanday çora-tadbirlar haqida ketyapti, 1-yanvarga atigi 15 kun vaqt qolganda yana nima özgarişlar bölişi kutilmoqda, bu haqda biror maʼlumot aytilmagan. Lekin "xalq manfaatlari" haqida gap ketgani uçun, biror yengillik bölsa kerak, degan gumon qiliş mumkin.

Öz navbatida bugun deputat Rasul Kuşerbayev ham bu masalada post qoldirdi va bir guruh deputatlar tomonidan Vazirlar Mahkamasiga hamda Içki işlar vazirligiga uşbu tartibni özgartirişga oid sörov xati kiritilganini maʼlum qildi. Deputatning aytişiça, mazkur talabni faqat avtomatik yonib turuvçi kunduzgi signal çiroqlari bilan jihozlangan maşinalarga qöllaş kerak, avtomat yonadigan çiroği bölmasa, uşbu talab ularga tatbiq etilmasligi kerak.

Mantiqan olganda, ham bu taklifda ham jon bor. Çunki agar maşinaning özida avtomat yonadigan kunduzgi çiroq (DXO) bölmasa, unda haydovçilar ustaga borib, qöşimça çiroq örnatişga majbur böladi, bu esa xuddi ötgan yili bölganidek katta muammolarni keltirib çiqarişi, yonğinlar va avariya holatlariga sabab bölişi mumkin. Yoki DXO çiroq örnatmagan haydovçilar asosiy yoxud gabarit çiroqlarni yoqib yurişadi. Bunaqa holatda ham muammo kelib çiqişi mumkin, çunki maşinaning asosiy çiroqlari kun davomida yonib yurişga möljallanmagan. Yoki fara xiralaşadi, yoki simlar qizib ketadi, yoki köpçilikning esidan çiqib qolib, akkumulyator "ötirib qoladi". Har holda ötgan yili şunaqa bölgan edi.

Kutamiz, bu böyiça qanday qaror qabul qilinar ekan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek