Yoshlik sport jamiyatiga a'zolik badali majburiy emas

Albom16-dekabr, 2020, 12:382 daqiqa0 koʻrish

Öqituvçi va öquvçilar «Yoşlik» jismoniy tarbiya va sport jamiyati aʼzoligi uçun pul berişga majburmas!

Joylarda maktab öqituvçilari va öquvçilaridan «Yoşlik» jamiyatiga aʼzolik uçun pul yiğiş holatlari uçramoqda.

Masalan, Oltiariq XTB mudiri buyruğida aʼzolik badali 10 yoşdan katta öquvçilar uçun 4460 söm, öqituvçilar uçun 8920 söm etib belgilangan.

❗️Hurmatli öqituvçilar va ota-onalar!

Bunaqa jamiyatlarga aʼzolik ixtiyoriy, heç kimni majburlaş mumkin emas! Ammo amaliyotda birov sörab ham ötirmaydi. Yoppasiga pul yiğişadi yoki oylikdan uşlab qolişadi. Badalni yiğolmaganlar hatto jazolanadi! (ahmoqgarçilik!!!)

Öqituvçilar, ota-onalar, qaçongaça indamay yuraverasizlar? Agar özingiz bu jamiyatga aʼzo bölişni istamasangiz, unda nega pul berasiz? Qörqasizmi? Kimdan?

Oyligingizdan roziligingizsiz pul uşlab qolişsa, qaytarişlarini talab qiling. «9 ming bilan odam ölib qolarmidi» deb beparvo bölmang, istihola qilmang.

Agar birlaşmasak, "berdi-berdilar" heç qaçon tugamaydi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek