Diana Yenikeyevaning ölimi uçun tölanadigan tovon pullari
Yodingizda bölsa, Kattaqörğon tumanidagi 42-sonli maktabning mehnat tögaragi öqituvçisi Diana Yenikeyevaning fojiali halokatiga bağişlab, "Diananing ölimi uçun maktab qança tovon tölaydi?" nomli maqola eʼlon qilgandim. (http://xushnudbek.uz/diana/)
Mendagi maʼlumotlarga köra, Dianaga quyidagi tovon pullari undirib beriş haqida qaror çiqqan:
👉 “Agrosuğurta” suğurta kompaniyasining Kattaqörğon tuman bölimi tomonidan marhum Diana Yenikeyevaning oilasiga bir marta tölanadigan 44 mln 697 ming 096 söm bir yöla nafaqa miqdori belgilangan. Bunda Diananing olti yillik örtaça iş haqi hisobga olingan.
👉 boquvçisini yöqotganlik tufayli Diananing farzandiga oyma-oy 206 ming 931 söm miqdorida nafaqa tölaş belgilandi. Uşbu nafaqa farzandi toki 16 yoşga tölgunga qadar, yaʼni 2018-yil mart oyidan 2032-yil 4-fevralga qadar tölab boriladi.
👉 2019-yil 4-fevralga qadar, yaʼni Diananing farzandi uç yoşga tölgunga qadar jami 2 mln 211 ming 634 sömlik tölov ham tayinlangan.
Şu haqida Kun.uz saytidagi xabar-maqolam: https://kun.uz/26361132
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
- 👍 9
