Davlat test markaziga darsliklar böyiça iltimosnoma
Davlat test markaziga iltimosnoma
Hurmatli, Davlat test markazi xodimlari. Sizlarga bir iltimos bilan murojaat qilmoqdaman. Bu aslida mening emas, balki yuz minglab yoşlarning iltimosi.
Barçamizga maʼlumki, yangi öquv yili boşlanişi bilan bitiruvçi yigit-qizlarimiz test sinovlariga tayyorgarlikni yanada jadallaştirib yuborişadi. Özi tanlagan yönalişi böyiça test savollari tuşadigan uçta fandan jiddiy şuğullanişni boşlaşadi.
Mana, yangi öquv yilining salkam 1 yarim oyi ham ortda qoldi. Lekin hanuzgaça kelgusi yilda tuşadigan test savollari aynan qaysi darsliklar asosida tuzilişi maʼlum emas. Avvalgi yillarda ham darsliklar röyxati ming afsuski keçroq eʼlon qilinar edi. Ammo joriy yilgi holat har yilgidan ham özgaça. Sababi uzoq yillik tanaffusdan keyin Özbekistonda ilk marta maktablarning 11-sinf bitiruvçilari ham OTMlarga hujjat topşirişadi. Bu esa darsliklar bilan boğliq vaziyatni yanada çigallaştirmoqda.
Agar akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining darsliklari hamda örta maktablarning darsliklari örtasida farqlar mavjud bölsa, unda test savollarini şakllantiriş qay tartibda böladi, degan savol köpçilikni öylantirmoqda. Maktabda tahsil olgan abituriyent akademik litsey va kollej darsliklarini ham qöşimça öqişga majbur böladimi? Yoki uning teskarisi, kollej bitiruvçisi 10-11 sinf darsliklarini ham öqişi kerakmi?
Xullas, savollar va tuşunmovçiliklar bisyor, hozirça javobi yöq.
Hurmatli, DTM vakillari.
Iltimos, tezroq darsliklar masalasiga oydinlik kiritib bersangiz.
Masalaning bir jihatini unutmaslik kerakki, test jarayonlariga oid yangiliklar qança keç eʼlon qilinsa, yangilikni hazm qiliş muddati qança qisqa bölsa, xalq orasida tuşunmovçilik şunça köpayadi va bu oxir-oqibat köçadagi firibgarlarning korrupsion tuzoği uçun şaroit yaratib beradi.
Tuşunganingiz uçun rahmat.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

