Beş vaqt namozning fazli haqida hadis
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
"Aytinglar-çi, agar biringizning eşigi oldida anhor bölsa, u öşanda har kuni beş marta yuvinib tursa, uning kiridan biror narsa qoladimi?" dedilar.
"Uning kiridan heç narsa qolmaydi", deyişdi.
"Xuddi şunga öxşab, Alloh beş vaqt namoz ila xatolarni yuvadi", dedilar u zot».
Beşovlaridan faqat Abu Dovud rivoyat qilmagan.
Namoz Islomning ustuni, toatlarning duridir. U nafsni poklaş va axloqni sayqallaş borasidagi vositalardan biri hamdir. Nabiy sollallohu alayhi vasallam köplab hadisi şariflarida namozning ahamiyati va fazli haqida bayon qilganlar.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ruhiy tarbiya» kitobidan.
👉 @xushnudbek 👈


