Avto oltmish oy işi böyiça sud hukmi öqildi

Matn29-mart, 2021, 19:272 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

«Avto oltmish oy» işi böyiça sud hukmi öqildi

2021-yil 29-mart kuni jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudida “Avto oltmish oy” MÇJ rahbar va xodimlariga sud hukmi öqildi.

Eʼlon qilingan sud hukmiga köra:

➖ J. Bahodirov (1996-yil, muqaddam sudlangan, “Avto oltmish oy” MÇJ rahbari) soxta tadbirkorlik, soliqlar yoki boşqa majburiy tölovlarni tölaşdan böyin tovlaş kabi jinoyatlar yuz bermaganligi sababli JPK 83-moddasiga asosan aybsiz deb topilib, reabilitatsiya etildi hamda jinoyat işining şu qismlari tugatildi.

J. Bahodirov firibgarlik, qasddan bankrotlikka olib keliş va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişda nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

➖O. Mirzayev (1986-yil, muqaddam sudlangan, işsiz)ga 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi;

➖ E. Qurbonov (1980-yil, muqaddam sudlanmagan, işsiz)ga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilandi;

➖ M. Gulmirzayeva (1985-yil, muqaddam sudlanmagan, “Avto oltmish oy” MÇJ boş hisobçisi)ga 5 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi;

➖ M. Hakimova (1981-yil, muqaddam sudlanmagan, “Avto oltmish oy” MÇJ maslahatçisi) firibgarlik va qasddan bankrotlikka olib keliş jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, Jinoyat kodeksining 70-moddasi (şaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yöqotişi munosabati bilan uni jazodan ozod qiliş)ga asosan jazodan ozod qilindi.

Jinoyat oqibatida jabrlanuvçilarga yetkazilgan moddiy zarar sudlanuvçilardan solidar tartibda undirilişi hamda jinoyat işi yuzasidan xatlangan pul mablağlari va mol-mulk sotuvidan tuşgan pullarni proporsional tartibda jabrlanuvçilarga taqsimlaş belgilandi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek