Aholining soğlom ovqatlanişi böyiça Prezident qarori
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0«Aholining soğlom ovqatlanişini taʼminlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi Prezident qarori imzolandi. Bu haqda ÖzA (@uzauz) xabar bermoqda.
Unga köra, aholi salomatligini taʼminlaş maqsadida:
👉 a) 2021-yil 1-iyundan boşlab:
6–23 oylik bolalar uçun uy şaroitida tayyorlangan ovqatlarni boyitiş maqsadida mikronutriyent kukuni bilan;
6 oylikdan 5 yoşgaça bölgan bolalar “A” vitamini bilan;
2–10 yoşdagi bolalar gelmintoz profilaktikasi böyiça maxsus preparatlar bilan bepul taʼminlanadi;
👉 b) 2022-yil 1-iyuldan boşlab:
homilador va bola emizuvçi ayollar hamda 3–15 yoşdagi bolalar yod preparati bilan;
35 yoşgaça tuğiş yoşidagi ayollar temir va foliy kislotasi preparati bilan bepul taʼminlanadi;
👉 v) 2021-yil 1-apreldan boşlab birinçi nav buğdoy uni bilan bir qatorda oliy nav buğdoy uni mikronutriyentlar bilan boyitilgan taqdirda respublika hududida realizatsiya qilişga ruxsat etiladi.
👉 @xushnudbek 👈


