Abdul Ğani Birodar Afğonistondagi loyihalar haqida
Mulla Abdul Ğani Birodar, «Tolibon» harakatining Qatardagi siyosiy vakolatxonasi rahbari:
– Özbekiston öz taşqi siyosatida Afğonistonda tinçlik örnatiş masalasiga ustuvor masala sifatida qaraşini yaxşi bilamiz.
Özbekiston taşabbusi bilan Afğonistonda amalga oşirilayotgan Mozori-Şarif – Kobul – Peşovar yönalişi böyiça temiryöl, Surxon–Puli-Xumri elektr uzatiş liniyasi kabi yirik loyihalar tahsinga loyiq.
Uşbu loyihalarni hayotga tatbiq etiş uçun özbekistonlik köplab mutaxassislar Afğonistonda faoliyat yuritadi. Ularning xavfsizligini taʼminlaş ham muhim masala. Bu jihatni eʼtibordan çetda qoldirmagan holda, asosiy diqqatni şunga qaratamiz.
Xabaringiz bor, bundan bir neça oy muqaddam, Dohada Tolibon harakati va AQŞ örtasida tinçlik şartnomasi imzolandi. Şu qadamlarning öziyoq Tolibon harakati tinçlik tarafdori ekanligini körsatadi. Biz kelişuv şartlarini bajaramiz albatta. Şu nuqtai nazardan aytişim mumkinki, kelgusida Afğoniston tomonidan Özbekiston yoki Markaziy Osiyodagi boşqa mamlakatlarga xavf, tahdid paydo bölişiga yöl qöymaymiz.

