Talabalarni baholaşning yangi tizimi keçikib eʼlon qilindi
Garçi ötib ketgan va muhokama qilingan mavzu bölsa ham, uşbu gaplarni aytmasak, insofdan bölmaydi.
Yodingizda bölsa, yangi öquv yili boşlanganidan salkam 1 oy ötgandan keyin, oliy taʼlim muassasalari talabalarining (hozirça faqat 1-kurslarga taalluqli) bilimini baholaş böyiça yangi Nizom rasman eʼlon qilindi. Bunda 100 ballik tizimdan 5 baholik tizimga ötildi.
Uşbu Nizom nima uçun öquv yili boşlanib ketgaç eʼlon qilindi, şuni vaqtliroq, toki öquv yili boşlangungaça qilsa bölmasmidi, degan savolni örtaga taşlagan edim.
Maʼlum bölişiça, mazkur nizom Oliy va örta maxsus taʼlim vazirining 9-avgustdagi buyruği bilan tasdiqlangan. Yaʼni öquv yili boşlanişadan salkam 1 oy oldin qabul qilingan.
Lekin amaldagi tartibga binoan, vazirliklar qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlar toki Adliya vazirligidan röyxatdan ötib, eʼlon qilinmagunigaça rasmiy kuçga ega hisoblanmaydi.
5 baholik tizim haqidagi Nizomni davlat röyxatiga oliş uçun naq 48 kun vaqt ketgan!!!
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga binoan, Adliya vazirligi taqdim etilgan meyoriy hujjatni olingan kundan boşlab 30 kun içida huquqiy ekspertizadan ötkazadi.
Agar taqdim etilgan hujjat, şu jumladan malakali mutaxassislarni jalb etiş yöli bilan qöşimça örganişni talab etgan hollarda, hujjatni körib çiqiş muddati 20 kungaça uzaytirilişi mumkin.
Oliy taʼlim vazirligining buyruği Adliyaga qaçon yetib kelgani menga qoronğu. Bir qaraşda muddat ham buzilmagan, uzaytirişlari bilan hisoblaganda maksimum 50 kun belgilangan ekan. Hammasi qonun doirasida, töğrimi?
Ammo şunçaki fikr sifatida aytmoqçimanki, bu kabi tezroq amaliyotga joriy etiş kerak bölgan hujjatlarni imkon doirasida qisqaroq muddatda ekspertizadan ötkazişga harakat qiliş kerak, menimça. Çunki hozirgi holatda ham öquv yili boşlangunigaça mazkur Nizom eʼlon qilinişi kerakligini har birimiz yaxşi tuşunib turibmiz, bunday hujjatni maksimum muddatgaça çözib, 48 kunda emas, sal vaqtliroq ötkazişga harakat qilinsa, bemalol uddalasa böladigan iş aslida.
“Adliyada iş köp, örganiş köp vaqtni talab qiladi, hammasi qonun doirasida, senga gapirişga oson” degan eʼtirozlar bölişi tabiiy. Lekin fikrimni aytdim, qöydimda. Eʼtiborga olinsa xursand bölamiz, olinmasa — “zorimiz boru, zörimiz yöq”. Bor gap şu...
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ



