Yangi yil arafasida kimlar dam oladi

Matn30-dekabr, 2018, 10:341 daqiqa0 koʻrish

Bugun va ertaga kimlar dam oladi?

Bugun, 30-dekabr, barça uçun dam oliş kuni. Barça deyilganda, 5 kunlik va 6 kunlik iş haftasidagilar nazarda tutilmoqda.

Şuningdek, Hukumat qarori bilan 30-31-dekabr kunlari bank, moliya hamda soliq idoralarida rasman iş kuni sifatida belgilangan. Mehnat kodeksining 157-moddasiga binoan, dam oliş va bayram kunlaridagi işlar uçun kamida ikki hissa miqdorida haq tölanadi (kamida degani, ikki hissadan köproq bersa ham böladi, degani). Yoki bayram yoki dam oliş kunidagi iş xodimning xohişiga qarab boşqa dam oliş kuni (otgul) beriş bilan qoplanişi mumkin.

Ertaga, 31-dekabr - duşanba kuni, faqat 5 kunliklar uçun dam oliş kuni. Haftasiga rasman 6 kun işlaydiganlar uçun esa iş kuni hisoblanadi.

Lekin bir narsani unutmaslik kerakki, ertaga rasman «korotkiy den» böladi. Mehnat kodeksining 121-moddasiga binoan, bayram (işlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik iş (smena) muddati barça xodimlar uçun kamida bir soatga qisqartiriladi (kamida degani, 1 soatdan köproqqa ham qisqartiriş mumkin, degani. Bu jamoa şartnomasida körsatiladi).

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Yil tayinlovlari: viloyat hokimlari misolida

    03 daqiqa

  2. Özbekistonning xalqaro reytinglardagi örni

    02 daqiqa

Yana oʻqing