Xodimlarni ştat qisqarişi munosabati bilan işdan böşatiş qanday amalga oşiriladi?
❓Xodimlarni ştat qisqarişi munosabati bilan işdan böşatiş qanday amalga oşiriladi?
Davlat taşkilotlarida 17 mingdan oşiq ştat qisqartirilmoqda. Bu lavozimi qisqarişga tuşgan xodimlar bilan mehnat şartnomasi bekor qilinişini anglatadi. Uşbu jarayonni rasmiylaştiriş bilan boğliq qonun talablarining ayrimlarini eslatib ötişni lozim topdik.
Amaldagi mehnat qonunçiligiga köra (hali yangi Mehnat kodeksi kuçga kirmadi) xodim bilan mehnat şartnomasini ştat qisqarişi munosabati bilan (Mehnat kodeksining 100-moddasi, ikkinçi qismi 1-bandi) bekor qilişda Iş beruvçi quyidagilarga rioya etişi şart:
➖ xodimni kamida 2 oy oldin ogohlantiradi (MK 102-m 1-q);
➖ ogohlantiriş muddati davomida xodimga boşqa iş qidiriş uçun haftada kamida bir kun şu vaqt uçun iş haqi saqlangan holda işga çiqmaslik huquqini beradi (MK 102-m 6-q);
➖ xodim bilan kelişuvga erişa olsa, ogohlantiriş uning muddatiga muvofiq pullik kompensasiya bilan almaştirilişi mumkin. Lekin bunga xodim rozi bölmaslikka haqqi bor (MK 102-m 2-q);
➖ kasaba uyuşmasi qömitasi yoki xodimlar boşqa vakillik organining oldindan roziligi olinişi şart, agar bunday talab jamoa şartnomasida nazarda tutilgan bölsa (MK 101-m);
➖ xodimlarni ommaviy ravişda işdan ozod etiş ehtimoli töğrisida kamida 2 oy oldin:
a) tegişli kasaba uyuşmasi organiga axborot taqdim etadi;
b) har bir xodimning kasbi, mutaxassisligi, malakasi va mehnat haqi miqdori töğrisidagi maʼlumotlarni mahalliy mehnat organiga maʼlum qiladi (MK 102-m 7-q).
💵❓ Mehnat şartnomasini ştat qisqargani tufayli bekor qilişda xodimga qanday tölovlar közda tutilganini keyingi postlarimizda alohida tuşuntirişga harakat qilamiz.



