Özbekiston mehnat qonunçiligida kutilayotgan özgarişlar
🔜 Özbekiston mehnat qonunçiligida kutilayotgan özgarişlar:
➖ yozma şaklda rasmiylaştiriladigan hujjatlar elektron raqamli imzo yoki biometrik identifikatsiya qiliş (Face-ID) tizimi orqali tasdiqlanganda, qoğoz şaklidagi hujjatga qölda şaxsan qöyilgan imzo bilan bir xil ahamiyatga ega böladi;
➖ işga qabul qiliş va doimiy boşqa işga ötkaziş faqat mehnat şartnomasini tuziş yoki özgartiriş va qöşimça kiritiş yöli bilan rasmiylaştiriladi, bunda buyruq bilan rasmiylaştiriş tartibi bekor qilinadi;
➖ mikrofirmalar jumlasiga kiritilgan iş beruvçilarda xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solişning öziga xos xususiyatlari xodimlar soni 50 nafargaça bölgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan qöllaniladi;
➖ elektron şakldagi mehnat daftarçasi şakllantirilgan xodimlarga nisbatan qoğoz şaklidagi mehnat daftarçasini yuritiş bekor qilinadi;
➖ Kasaba uyuşmasi qömitasi tomonidan xodim bilan mehnat şartnomasini bekor qilişga rozilik beriş töğrisidagi qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran, bir oydan keçiktirmay iş beruvçi mehnat şartnomasini bekor qiliş talabi bekor qilinadi;
➖ 2026-yildan quriliş sohasida norasmiy bandlik böyiça qonunbuziliş holatlariga yöl qöygan iş beruvçilarning “Şaffof quriliş” milliy axborot tizimidagi reyting ballarini pasaytiriş tizimini joriy etiladi;
➖ norasmiy bandlikka yöl qöygan iş beruvçilarga nisbatan birinçi marta bazaviy hisoblaş miqdorining 30 baravari, takroran sodir etilganda bazaviy hisoblaş miqdorining 100 baravari miqdorida maʼmuriy javobgarlik çoralari joriy etiladi.
👉 @xushnudbek 👈


