2026-yildan YTT va özini özi band qilgan şaxslar uçun aylanmadan soliq 4% dan 1% ga tuşiriladi
❗️2026-yildan YTT va özini özi band qilgan şaxslar uçun aylanmadan soliq 4% dan 1% ga tuşiriladi
Şavkat Mirziyoyev keça, 11-avgust kuni yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda özini özi band qilgan şaxslar uçun qulay şart-şaroitlar yaratişga oid taqdimot bilan tanişdi.
Asosiy maʼlumotlar:
➖ Yakka tartibdagi tadbirkorlar va özini özi band qilgan şaxslar uçun 2030-yil 31-dekabrga qadar maxsus huquqiy rejim joriy etiladi.
Ularni davlat röyxatidan ötkazişdan tortib hisobotni topşirişgaça bölgan barça asosiy xizmatlarni birlaştiruvçi integratsiyalaşgan raqamli platformalar yaratiladi;
❗️ 2026-yil 1-yanvardan boşlab, yillik aylanmasi 1 milliard sömgaça bölgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va özini özi band qilgan şaxslar uçun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi;
➖ 2025-yil 1-noyabrdan boşlab, bu jarayonlarda “QR-kod” va “tap to pay” texnologiyasidan foydalaniladi. Hujjatlarni masofaviy biometriya va “SMS xabarnoma” orqali elektron kalitsiz imzolaş mumkin böladi. Bu maʼlumotlar qoğoz nusxadagi hujjatlar bilan tenglaştiriladi;
➖ “Kunlik tölov” tartibi tajriba tariqasida joriy etilib, xodimlarga tölovlarni elektron hamyon orqali tölaş imkoniyati yaratiladi;
➖ Yakka tartibdagi tadbirkorlar va özini özi band qilgan şaxslarda elektron tölovlarni qabul qiluvçi maxsus QR-kod mavjud bölişi çakana savdo qoidalarining majburiy talabi etib belgilanadi. Raqamli platformadagi pul aylanmalari töğrisidagi maʼlumot kredit ajratişda inobatga olinadi.
👉 @xushnudbek 👈



