Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Içki işlar tizimidagi korrupsion holatlar foş etildi

Video11-avgust, 2025, 21:464 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Içki işlar tizimidagi korrupsion holatlar:

➖ Buxoro viloyati IIB xodimi tanişlari orqali Buxoro şahar IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi iş yurituvida bölgan jinoyat işining gumonlanuvçiga nisbatan bölgan qismini harakatdan tugatişda yordam berişi evaziga 13 ming AQŞ dollari talab qilgan.

Ötkazilgan tezkor tadbirda xodim pullarni olgan vaqtida uşlandi.

***

➖ Toşkent viloyati IIBB qöriqlaş boşqarmasi Angren şahar bölimi safdor xodimi bölinma komandiri örinbosari bilan til biriktirib, tanişlari orqali Oqqörğon tumanida yaşovçi fuqaroni qöriqlaş boşqarmasiga işga kiritib qöyiş evaziga 1 ming 500 AQŞ dollari talab qilgan.

Ötkazilgan tezkor tadbirda u oldindan 1 ming dollar olgan vaqtida uşlandi.

***

➖ Toşkent xalqaro aeroportida pasport-viza bölimi katta inspektori voyaga yetmagan şaxsning xorijga çiqiş biometrik pasportiga uni xorijga olib çiqib ketayotgan fuqaroga hamrohlik qiluvçi ştamp belgisini tezlaştirilgan tartibda rasmiylaştirib beriş evaziga 400 AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.

Aniqlanişiça, katta inspektor 2025-yilning boşidan hozirga qadar Özbekistonda bölib turgan 42 nafar çet el fuqarosining har biridan 300-700 dollar miqdoridagi, 8 nafar Özbekiston fuqarosiga hamrohlik qiluvçi ştamp belgisini tezlaştirilgan tartibda rasmiylaştirib beriş evaziga esa 200-400 dollar miqdoridagi pullarni olgan.

Hozirda yuqoridagi holatlar böyiça jinoyat işlari qözğatilib, uşbu şaxslarga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

  • 4 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek