Muhim

DXX: prokuror, tergovçi, suriştiruvçi, advokat va boşqalarning noqonuniy harakatlariga çek qöyildi

Video12-iyun, 2024, 09:585 daqiqa0 koʻrish

DXX: prokuror, tergovçi, suriştiruvçi, advokat va boşqalarning noqonuniy harakatlariga çek qöyildi

Jizzax viloyati prokuraturasining bölim prokurori muqaddam sudlangan fuqaroni sudlanganlik holatini özining vakolatli hamkasbi orqali olib taşlaşni vaʼda qilib, evaziga 1000 AQŞ dollari va 1 dona “Samsung Galaxy S24 Ultra” rusumli telefon apparatini olgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

***

Toşkent şahar Yakkasaroy tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tergovçisi va 2 nafar suriştiruvçisi özaro til biriktirib, xizmat mavqeyidan foydalangan holda, bölim iş yurituvida bölgan jinoyat işi böyiça ayblanuvçiga nisbatan “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasini qöllamaslik hamda uning harakatlarini JKning 273-moddasi 5-qismidan 276-moddasining 2-qismi “a” bandiga qayta malakalaş evaziga, ayblanuvçining tanişi Q.O. orqali 7 ming AQŞ dollari olgan vaqtlarida DXX xodimlari tomonidan uşlandi.

***

Toşkent şahrida yaşovçi muqaddam sudlangan 2 nafar şaxs 1980-yilda tuğilgan fuqaroning işonçiga kirib, unga nisbatan IIV huzuridagi Tergov departamenti iş yurituvidagi JKning 168-moddasi bilan qözğatilgan jinoyat işini prokuratura organlaridagi tanişlari orqali uning foydasiga ijobiy hal qilib beriş va “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasini qöllamaslik evaziga 50 ming AQŞ dollari talab qilişadi.

DXX xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda firibgarlardan biri söralgan pul mablağini olgan vaqtida uşlandi.

Hozirda ularni prokuratura tizimidagi tanişlarining şaxsiga aniqlik kiritiş böyiça zarur çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.

***

Namangan şahridagi advokatlar hayʼati advokati hozirda JIB Namangan şahar sudida körib çiqilayotgan jinoyat işi böyiça sudlanuvçiga nisbatan sud organlaridagi tanişlari orqali ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlanişiga yordam beriş evaziga 10 ming AQŞ dollari talab qilib, 8 ming AQŞ dollari olgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Uşbu advokat muqaddam JKning 25, 97-moddasi bilan sudlangan şaxs hisoblanadi.

Hozirda mazkur şaxslarning barçasiga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek