Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Prokuratura va MIB xodimi qölga olindi

Matn11-mart, 2025, 10:311 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Prokuratura va MIB xodimi qölga olindi

➖ Buxoro viloyatining Jondor tumani prokurorining katta yordamçisi fermer xöjaligi rahbariga sud hukmini özgartirişsiz qoldiriş evaziga 3 ming AQŞ dollari talab qilgan. Dastlab 500 AQŞ dollari olgan, keyin Buxoro şahrida 2 500 AQŞ dollari olgan vaqtida DXX va prokuratura xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlangan;

➖ DXX xodimlari tomonidan Urganç şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda esa, Majburiy ijro byurosining Xorazm viloyati boşqarmasi Suriştiruv va maʼmuriy amaliyot şöbasi katta suriştiruvçisi öz xizmat mavqeidan foydalanib, Şovot tumanida yaşovçi fuqaroni vakolatli hamkasblari orqali MIB tizimiga işga kiritib qöyiş evaziga 2 ming AQŞ dollari talab qilib, şundan 1800 AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.

Ikkala holat böyiça ham jinoyat işi qözğatilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek