Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

DXX tomonidan turli mansabdor şaxslar pora bilan uşlandi

Video7-may, 2024, 18:075 daqiqa0 koʻrish

DXX tomonidan turli mansabdor şaxslar pora bilan uşlandi

➖ Farğona viloyati Qöştepa tumani prokurori örinbosari 2000 dollar olgan vaqtida uşlangan.

U pora oliş bilan jinoyat işi qözğatilgan boğça rahbariga nisbatan tanişlari orqali ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanmasligiga yordam berişi evaziga 3 ming dollar talab qilgan va 1000 dollarni avvalroq olgan;

➖ Namangan viloyatining Çortoq tumanidagi agrofirma rahbari tuman hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari bilan fermer xöjalikning davlat zaxirasiga olingan 10 gektar yer maydonini ixtiyoriga qaytarib beriş hamda bajarilmagan ğalla ekiş rejasini ijobiy hal qilib beriş evaziga 2,5 ming dollar talab qiladi.

Agrofirma rahbari söralgan puldan 1000 dollar va 5 mln söm olgan vaqtida qölga olingan. Çortoq tuman hokimi örinbosari esa 100 dollarni olib, qolgan qismini agrofirma rahbariga özida saqlab turişini aytgan vaqtida uşlangan;

➖ Angren şahar elektr taʼminoti korxonasi boşliği örinbosari öz rahbarining oğzaki topşiriğiga asosan, savdo faoliyati bilan şuğullanuvçi MÇJning transformatorini elektr tarmoğiga ulab, tegişli hujjatlarini rasmiylaştirib beriş evaziga xizmat xonasida 40 mln söm olgan vaqtida uşlangan. Angren şahar elektr taʼminoti korxonasi boşliği ham protsessual tartibda uşlangan;

➖ Davlat kadastrlar palatasining Yangihayot tuman filiali boşliği tumandagi 20 sotix yer maydonida qurilgan uy-joy uçun kadastr hujjatlarini tayyorlab beriş evaziga 25 ming dollar olgan vaqtida qölga olingan.

Hozirda mazkur mansabdor şaxslarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilgan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek