Abdusalom Azizov Farğonada Qirğiziston va Tojikiston maxsus xizmatlari rahbarlari bilan uçraşdi
🇺🇿Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov 6-may kuni Farğona şahrida 🇰🇬Qirğiziston milliy xavfsizlik qömitasi raisi Kamçibek Taşiyev hamda 🇹🇯Tojikiston milliy xavfsizlik qömitasi raisi Saymömin Yatimov bilan uçraşgan.
Muzokara davomida mintaqaviy xavfsizlik, terrorizm, narkotrafikka qarşi kuraşiş hamda çegara masalalari muhokama qilingan.
Asosiy mavzu esa qirğiz-tojik çegarasidagi nizolarni tinç yöl bilan bartaraf etiş bölgan, şekilli.
Çunki rasmiy xabarda aytilişiça, muzokaralar yakunida Qirğiziston-Tojikiston hukumatlararo komissiyasi aʼzolariga çegaraning qolgan uçastkalarini muvofiqlaştiriş, şuningdek, tegişli ikki tomonlama şartnomani tayyorlaş va imzolaş böyiça aniq topşiriqlar berilgan.
Özbekiston ikki qöşnilarimiz örtasida tinçlik örnatişda vositaçilik qilayotganga öxşaydi. Tinçlik bölsa, mintaqada hammaga yaxşi bölardi.
👉 @xushnudbek 👈
