Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Fikr

Hujjatlar nusxasini söraş qonuniymi?

Matn6-may, 2024, 20:512 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzOliy maʼlumotga ega bölmagan xotin-qizlar 1-iyunga qadar ariza topşirişlari mumkin. 500 ta kvota doirasida kontrakt asosida öqişga qabul qilinişi belgilangan.

Hujjatlar nusxasini söraş qonuniymi? Byurokratiyadan qaçon qutilamiz?

Oila va xotin-qizlar qömitasi 5 yil staji bor ayollar uçun tavsiyanoma beriş maqsadida arizalar qabul qilişni boşladi. Hujjatlar 1-iyunga qadar tuman (şahar) işçi guruhlarida qabul qilinadi.

Nomzodlardan söralayotgan hujjatlar:

➖ fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;
➖ mehnat daftarçasi (elektron mehnat daftarçasi)dan köçirma;
➖ örta-maxsus yoki professional taʼlim böyiça diplom.

Yaʼni 5 yil staji bor ayollar 3 ta hujjatni kötarib, işçi guruh qayerdaligini topib, ovora bölib borişi kerak. Kimnidir qoş-qovoğiga qaraşi, tavsiyanoma berasizlarmi, iltimos, hal qilib bering, deb söraşi kerak.

Va eng qiziği boşqa joyda.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining PF–6191-son va PF–6269-son Farmonlariga asosan davlat organlari va taşkilotlari tomonidan quyidagi hujjatlarni talab qiliş bekor qilingan:

— şaxsni tasdiqlovçi hujjat nusxasi;

— şaxsning belgilangan şakldagi fotosurati;

— mehnat daftarçalari va ularning nusxalari;

— kadastr hujjatlari va ularning nusxalari;

— soliq tölovçi jismoniy şaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qöyilganligi;

— diplom maʼlumotlari (oliy taʼlim va örta maxsus);

— tadbirkorlik subyekti davlat röyxatidan ötkazilganligi töğrisidagi guvohnoma maʼlumotlari;

— “Manzil-maʼlumot”, şuningdek, doimiy yaşaş va vaqtinça turgan joyi böyiça röyxatdan ötgan şaxslar töğrisidagi maʼlumotlar va boşqalar (töliq röyxat yuqoridagi farmonlar havolasida).

Bu turdagi hujjatlar davlat organlari va taşkilotlari tomonidan "Elektron hukumat" tizimi idoralararo integratsiyalaşuv platformasidan foydalangan holda olinadi.

Körinib turibdiki, Oila va xotin-qizlar qömitasi sörayotgan 3 ta hujjatni (uning ikkitasi şunçaki nusxa) söraş Prezident farmonlari bilan taqiqlangan.

Nahotki bunga heç kim eʼtibor qilmaydi? Uşbu tavsiyanomani beriş 2022-yildan boşlangan. Oradan 2 yil ötdi. Bu vaqt içida bemalol şu tizimni onlayn qilsa bölar edi. Heç kimdan heç qanaqa hujjat söralmaydigan, heç kimni ovora qilmaydigan, inson omilidan butunlay xoli tizim qilsa bölardi. Faqat ozgina xohiş kerak edi xolos.

Bunday tizim qömitada mavjud bölmaganda ham mayli edi. Ehtiyojmand ayollarga beriladigan boşqa tavsiyanomani oliş uçun aynan onlayn ariza beriladi, qöşimça hujjat söralmaydi. Nega şunaqa imkoniyatni 5 yil stajli ayollarga ham qiliş mumkin emas?

Hayronman oçiği.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek