Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Qirğiziston va Tojikiston prezidentlari tarixiy kelişuvni imzoladi

Foto13-mart, 2025, 16:281 daqiqa0 koʻrish

❗️Qirğiziston va Tojikiston prezidentlari tarixiy kelişuvni imzoladi

Bugun, 13-mart kuni Bişkek şahrida 🇹🇯Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va 🇰🇬Qirğiziston rahbari Sadir Japarov ikki mamlakat çegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş töğrisidagi bitimni imzoladi.

Uşbu bitim Qirğiziston va Tojikiston örtasidagi qariyb bir asrlik çegara muammolarini hal qiladi. Bu esa mintaqamizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy barqarorligi hamda birdamligida muhim rol öynaydi.

Uşbu bitimda Özbekistonning ham bevosita, ham bilvosita iştiroki borligi quvonarli. Aynan Özbekiston öz qöşnilari bilan çegaralar muammosini hal qiliş taşabbusini bildirib, qisqa vaqt içida barça qöşnilari bilan uşbu masalalarga uzil-kesil nuqta qöyişga erişa oldi va mintaqa uçun öziga xos örnak böldi.

Buning isboti sifatida, bugun Emomali Rahmon Bişkekdagi tadbirlar davomida Özbekiston, Qirğiziston va Tojikiston uç davlatning davlat çegaralari tutaşgan nuqtasi hududi töğrisidagi şartnomani imzolaşini eʼlon qildi. Uşbu tarixiy va ramziy hujjat 31-mart kuni Xöjand şahrida uç mamlakat liderlari tomonidan imzolanişi kutilmoqda.

Maʼlumot uçun: 2017-yili Özbekiston, Qozoğiston va Turkmaniston örtasida xuddi şunday şartnoma imzolangan edi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek