Özbek tomoni «Çaşma» buloğining uçdan ikki qismidan foydalanişi taʼminlanadi
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzAbdulla Aripov va Qamçibek Taşiyev raisligida Özbekiston va Qirğiziston hukumatlari delegatsiyalarining navbatdagi qöşma yiğilişi ötkazildi.❗️Özbek tomoni “Çaşma” buloğining uçdan ikki qismidan foydalanişi taʼminlanadi
Muzokaralar davomida Özbekiston Hukumati va Qirğiziston Vazirlar Mahkamasi örtasidagi “Çaşma” buloğidan birgalikda foydalaniş
töğrisidagi Bitim loyihasining asosiy şartlari tasdiqlandi.
Tomonlar “Çaşma” buloği Özbekiston va Qirğiziston xalqlarining umumiy boyligi ekanini alohida taʼkidladi.
Özbekiston fuqarolarining uşbu buloqdan erkin va tösiqsiz foydalanişi, özbek tomoni buloqning uçdan ikki qismidan foydalanişini taʼminlaş hamda manbaning suv resurslari hajmi va sifatiga taʼsir körsatişi mumkin bölgan har qanday xatti-harakatlarni özbek tomoni bilan muvofiqlaştiriş töğrisida kelişuvlarga erişildi.
Şuningdek, tomonlar döstlik va yaxşi qöşniçilik ruhida ikki mamlakat fuqarolarining “Çaşma” buloğidan tölaqonli foydalanişiga tösqinlik qiluvçi har qanday çora-tadbirlarga yöl qöymaslikka kelişib oldi.
Tomonlar Özbekiston Hukumati va Qirğiziston Vazirlar Mahkamasi örtasida qisqa muddat içida “Çaşma” buloğidan birgalikda foydalaniş töğrisida bitim hamda Özbekiston va Qirğiziston Davlat çegarasi uçastkasi töğrisida şartnomani muvofiqlaştiriş va imzolaşga kelişib oldi.
👉 @xushnudbek 👈
- 6 Telegram Stars
